08:21 / 12.07.2017
8475

Messi va Ronaldu ketidan Meyvezer ham soliq mashmashasi girdobida

Foto: AP

AQSh soliq boshqarmasi amerikalik bokschi kichik Floyd Meyvezerni 2015 yilda 22,2 mln dollar miqdoridagi soliqlarni to‘lamaganlikda aybladi, deb xabar bermoqda AP.

O‘sha yili sportchi o‘z faoliyatidagi eng mashhur janglardan birini o‘tkazib, filippinlik Menni Pakyaoni taslim etgandi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, amerikalik ushbu jang uchun 200 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ishlab olgan.

Kichik Meyvezerning aytishicha, 2015 yilda 26 mln dollarlik soliqlarni to‘lagan. U "agarda qandaydir muammolar bo‘lganida, avvalroq xabardor etishardi" degan.

Top