01:07 / 13.07.2017
12123

AQSh harbiylari Raqqaga kirib borishdi

AQSh harbiylari Suriyaning Raqqa shahrida "Suriya demoratik kuchlari"ga IShIDga qarshi kurashda yordam bermoqdalar, deb  xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi. 

AQSh boshchiligidagi koalitsiya vakili, AQSh polkovnigi Rayan Dillonning aytishicha, orasida maxsus kuchlarning ko‘p sondagi jangchilari bo‘lgan harbiylar bevosita janglarda ishtirok etmay, mahalliy kuchlarga "maslahat bermoqdalar, yordam ko‘rsatmoqdalar va hamrohlik qilmoqdalar".

Raqqa 2013 yildan beri IShID nazoratida bo‘lib kelmoqda. Shahar IShIDning norasmiy poytaxti hisoblanadi. 2016 yilda AQSh boshchiligidagi koalitsiya shaharni ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanishini, joriy yilning iyul boshida esa "Suriya demokratik kuchlari" shaharning eski qismida jangarilar mudofaasini yorib o‘tganini ma'lum qilgan.   

Top