Özbekistonda deputat söroviga javob bermagan mansabdor şaxslarga ma'muriy javobgarlik qöllanadigan böldi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 12 iyul kungi videoselektorda aytib ötgan.

«Oliy Majlisning davlat boşqaruvi organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oşiriş, qabul qilinayotgan qonunlar, muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahamiyatga ega davlat dasturlarining ijrosini sözsiz ta'minlaşga qaratilgan işlarini ham yetarli, deb bölmaydi. 

Parlament eşituvlari, hukumat a'zolari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravişda eşitib boriş, deputatlarning sörovlariga atrofliça javob qaytarişni ta'minlaş borasida muammolar mavjud. 

Odatda parlament vazirlarning hisobotini eşitadi. Lekin pastdagi böğinda bu yönalişda kim hisobot beradi? Faqat markaz yoki viloyatda emas, hududlarda ham özgariş bölişi zarur. Xususan, 2017 yilning ötgan davri mobaynida Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan vazirlik va idoralarga yuborilgan jami 284 ta deputatlik sörovidan 100 tasiga qonunda belgilangan muddat buzilgan holda javob berilgan, 24 tasiga esa umuman javob berilmaganini qanday izohlaş mumkin? 

Nima uçun Qonunçilik palatasi qömitalari, partiya fraksiyalari bunday holatlarga nisbatan tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari iştirokida öz munosabatini bildirmayapti? 

Deputatga bepisandlik – xalqqa bepisandlik deb baholanişi şart. Xalqni hurmat qilmagan, deputatlik vakolatini amalga oşirişga tösqinlik qilgan har qanday mansabdor şaxs qonun oldida javob beradi. 

Şu sababdan ham deputatlik sörovini körib çiqmagani yoki unga javob bermagani, köriş muddatini buzgani uçun javobgarlikni kuçaytiriş lozim», degan Şavkat Mirziyoyev. 

Şu munosabat bilan davlat maslahatçisi O.Murodovga Oliy Majlis palatalari bilan birgalikda bir oy muddatda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça takliflar tayyorlaş vazifasi topşirilgan. 

Respublika, viloyat va tuman kengaşlari deputatlarining sörovi – bu xalq sörovi, deb baholagan holda, bu boradagi javobgarlikni nazarda tutadigan tegişli moddani qonunga kiritiş kerakligi qayd etilgan. 

Oliy Majlis palatalari, parlament sörovi böyiça olingan javoblarni Internetdagi rasmiy veb-saytlarda keng jamoatçilik uçun e'lon qilişni taşkil etişi lozimligi körsatib ötilgan. 

«Bugun hayotning özi parlament nazorati obektlari doirasini kengaytirişni ham talab etmoqda. Amaldagi qonunga köra, parlament faqat davlat organlari faoliyati ustidan nazorat olib borişi mumkin. Biroq xöjalik boşqaruvi organlari, xususan, «Özbekneftgaz», «Özbekenergo» va boşqa kompaniya va birlaşmalar bundan çetda qolmoqda.