14:52 / 13.07.2017
6226

Karib orollaridan birida sayyoh samolyot dvigatelidan chiqqan havo oqimlari tufayli halok bo‘ldi

Foto: Getty Images

Sen-Marten orolidagi Karib sohilbo‘yida sayyoh ayol yo‘lovchi samolyoti dvigatelidan chiqqan havo oqimlari sabab halok bo‘ldi. Bu haqda BNO News xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, mahalliy aeroport turistlarda katta qiziqish tug‘diradi, sababi uning uchish-qo‘nish yo‘lagi sohildan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan.

Halok bo‘lgan sayyoh ayol Caribbean Airlines aviakompaniyasi samolyoti parvoz qilayotgan paytda Qirolicha Yuliana aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagiga yaqin joyda bo‘lgan. 57 yoshli ayol dvigateldan chiqqan havo oqimlari sabab betonga borib urilgan hamda olingan jarohatlar tufayli shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Top