19:24 / 13.07.2017
5497

Mirzo Ulug‘bek tumanida 5,5 mln so‘mlik mulkni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi

2017 yilning 25 iyun kuni taxminan soat 16:00larda noma'lum shaxs Mirzo Ulug‘bek tumani hududida fuqaro Tohir Rasulovning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) xonadonida bo‘la turib, u uxlab qolganligidan foydalanib, jami 5.525.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Aleksey Kopitin sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Top