08:51 / 13.07.2017
13212

«MYu» yarim himoyachisi Ispaniyaga yo‘l oldi

Foto: Twitter/@manchesterunited

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Adnan Yanuzay o‘z faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi. «MYu» o‘z rasmiy saytida Yanuzay «Real Sosedad»ga o‘tayotgani haqida xabar e'lon qildi.

«Jamoani tark etayotgan va o‘z faoliyatini „Real Sosedad“da davom ettiradigan Adnan Yanuzayga muvaffaqiyat tilaymiz», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Yanuzay san-sebastyanliklar bilan besh yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi. Bunga qadar 22 yoshli yarim himoyachi ijara huquqi asosida Dordmundning «Borussiya» klubi va «Sanderlend» jamoasida to‘p surgan.

Yanuzay «MYu»ga «Anderlext»dan 2011 yilda, 16 yoshida o‘tgandi.

Top