10:35 / 13.07.2017
8212

Tramp o‘zini AQSh tarixidagi eng samarali prezident, deb ma'lum qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, u davlatni boshqarayotgan besh oy ichida Qo‘shma Shtatlar tarixidagi boshqa istalgan yetakchidan ko‘proq narsaga erishishning uddasidan chiqdi. Tramp shunday fikrni Reuters’ga bergan intervyusida bildirgan.

«Besh oy ichida AQSh tarixidagi istalgan prezidentdan ko‘proq narsaga erishdik», - deya ma'lum qildi u.

«Agarda Iroq va Suriyaga qarasangiz, IShID bilan kurashda qanday yutuqlarga erishganimizni ko‘rasiz, bu asl muvaffaqiyat», - dedi Tramp.

Shuningdek, AQSh prezidentining xabar berishicha, Oq uydagi kayfiyat hozirda fantastik darajada. Tramp Amerika fond birjalari ko‘rsatkichi o‘sib borayotgani ham u tufayli ekanini aytdi.

«Oq uy demokratlar o‘ylab topayotgan bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qaramay, ajoyib tarzda faoliyat ko‘rsatmoqda», - deya xulosa qildi u.

Top