09:04 / 13.07.2017
6608

Trampga impichment e'lon qilish taklifi siyosiy o‘yin ekani aytildi

Foto: AP

Oq uy rasmiy vakili Sara Sandersning ma'lum qilishicha, demokratlarning prezident Donald Trampga impichment e'lon qilish bo‘yicha taklifi “siyosiy o‘yin” hisoblanadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.

“O‘ylashimcha, bu kulguli va siyosiy o‘yin hisoblanadi”, - dedi u brifing davomida.

AQSh Demokratik partiyasining kongressdagi vakillari Bred Sherman va El Grin prezident Donald Trampga impichment e'lon qilish bo‘yicha tashabbus bilan chiqishgan. Ular Amerika rahbarini 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga “Rossiya aralashuvi” holatini surishtiruvdan o‘tkazish jarayoniga xalaqit berishda ayblashmoqda. Kongressmenlarning aytishicha, “butun jahon Oq uy rahbarining noprofessionalligidan larzaga kelgan”.

Top