10:45 / 14.07.2017
6149

AQShdagi sudya Trampning migratsiya farmonini kuchsizlantirdi

Foto: AP

Honoluludagi okrug sudyasi Derrik Uotson Havayi shtatining maxsus so‘rovini qondirdi. U AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatga olti arab davlati fuqarolari kirishini taqiqlovchi migratsiya farmonidan, unda tilga olingan ba'zi shaxslar toifasini chiqarib tashladi.  Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Uotsonning qaroriga ko‘ra, AQShda buva yoki buvi, nabiralar, qarindoshlar, tog‘a, amaki, xola va ammaning farzandlari bo‘lsa, bu mamlakatga kirish uchun yetarli asos bo‘lib xizmat qiladi.

Top