Yaponiyaning Ayti prefekturasidagi Inuyama shahrida istiqomat qiluvchi barcha 74 ming kishi uchun evakuatsiya e'lon qilindi. Bu kuchli yomg‘irlar to‘xtamayotgani sabab ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAV.
Ta'kidlanishicha, shaharda bir soatning o‘zida 120 millimetr yomg‘ir yog‘gan, bu esa ko‘chkilar xavfini keltirib chiqaradi.
Avvalroq Yaponiyaning Kyusyu orolida suv toshqinlari natijasida 29 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.






