18:45 / 14.07.2017
7496

Bonuchchi «Milan»da

«Yuventus» himoyachisi Leonardo Bonuchchi «Milan»ga o‘tishi oydinlashdi.

Italiyalik futbolchi ayni vaqtda «rossonerilar» qarorgohiga yetib kelgan. U tibbiy ko‘rikdan o‘tib, shartnomaga imzo chekadi.

Bonuchchi «Milan»ga 40 million yevroga transfer qilinmoqda.

Futbolchi bilan milanliklar 5 yillik shartnoma tuzadi va unga yiliga 6,5 million yevro maosh to‘laydi.

Qayd etish kerakki, yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tgan «Milan» shu vaqtgacha 7 transferni rasmiylashtirgandi: «Vilyarreal»dan himoyachi Mario Musakkio, «Atalanta»dan tayanch yarim himoyachisi Frenk Kessiye, «Volfsburg»dan himoyachi Rikardo Rodriges, «Portu»dan hujumchi Andre Silva, «Sanderlend»dan hujumchi Fabio Borini, «Bayyer»dan Hoqon Chalxono‘g‘li va «Atalanta»dan Andrea Konti sotib olingandi. 

Bonuchchi «Milan»da? Yevropadagi yana bir transfer ertagi tafsilotlari

Top