18:55 / 14.07.2017
6090

Chexiya faqatgina 50 nafar qochqinni qabul qilishga tayyor

Chexiya YeI kvotalari doirasida faqatgina 50 nafar qochqinni qabul qilishi va o‘z hududida joylashtirishi mumkin. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Milan Xovanets xabar bergan.

Chexiyalik vazir Italiya va Gretsiya hukumatini Pragaga topshirilayotgan qochqinlarni xavfsizlikka tekshirish jarayoniga rioya etmaslikda aybladi.

«Xavfsizlikka tekshirish: Sen terrorchimisan yoki yo‘q, savoli bilan cheklanmasligi lozim. YeIning hech bir davlati kvotalar bo‘yicha shartnoma shartlariga rioya qilayotgani yo‘q. Shuning uchun Pragaga qo‘yilayotgan barcha ayblovlar asossizdir», - degan vazir. Uning ta'kidlashicha, Rim va Afina erishilgan kelishuvlarga rioya etayotgani yo‘q.

«Chexiya Respublikasi qochqinlar muammosining fundamental yechimini izlashda yordam ko‘rsatishga tayyor», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Xovanets.

Mavzuga oid
Top