12:55 / 14.07.2017
14846

Hillari Klinton bilan bog‘liq vaziyatni mustaqil tekshirgan respublikachi o‘z joniga qasd qildi

AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning yozishmalarini mustaqil surishtiruvdan o‘tkazgan respublikachi Piter Smit o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda Chicago Tribune.

Xabarga ko‘ra, uning jasadi Minnesota shtatida joylashgan Rochester mehmonxonasidagi xonalardan birida 14 may kuni topilgan. Politsiya hujjatlarida aytilishicha, Smit vidolashuv maktubini ham qoldirgan bo‘lib, unda sog‘lig‘i yomonlashgani va hayotining 5 million dollarlik sug‘urta polisi muddati tugab borayotganini yozgan.

Ta'kidlanishicha, o‘z joniga suiqasd qilish The Wall Street Journal’dagi intervyudan 10 kun o‘tib ro‘y berdi. Unda xakerlar Smitga Klintonning yozishmalarini topshirishgani hamda ular yolg‘on emasligi aytilgandi. O‘shanda Smit ushbu yozishmalarga ega beshta xakerlik guruhini aniqlaganini ma'lum qildi. O‘limidan bir kun avval esa Smit o‘z blogida AQSh maxsus xizmatlarining 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashuv ishi bo‘yicha xulosalarini tanqid ostiga oldi.

 

Top