18:35 / 14.07.2017
10746

Kreml Putinning AQShga tashrifi haqida: «Taklif qilishlarini kutish lozim, keyin o‘ylab ko‘ramiz»

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Vladimir Putinning AQShga tashrifi haqida gapirishdan avval, Vashingtondan rasmiy taklif tushishini kutish lozim.

-  Keling, taklifni kutamiz, qaror taklif kelganidan so‘ng qabul qilinadi, - deya ta'kidlab o‘tdi Kreml vakili.

Shu bilan birga, jurnalistlar agarda Donald Tramp ertagayoq taklif jo‘natsa, Kremlning javobi qanday bo‘lishi bilan qiziqishgan.

-  Buni ertaga ko‘ramiz, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya yetakchisining matbuot kotibi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni qachon Oy uyga taklif qilishiga oydinlik kiritgani xabar qilingandi.

Top