14:27 / 14.07.2017
13548

«Real» Sebalos transferi haqida e'lon qildi

«Betis» yarim himoyachisi Dani Sebalos rasman «Real» futbolchisiga aylandi.

Madridliklar klubi rasmiy saytida futbolchi tarkibga qo‘shib olingani, u bilan 6 yillik shartnoma tuzilgani haqida e'lon qilingan.

Transfer qiymati oshkor etilmagan. Bundan avvalgi xabarlarda Sebalos 15-18 million yevro atrofidagi pulga olib kelingani haqida aytilgandi.

Ushbu yangi futbolchi taqdimoti 20 iyul kuni o‘tkaziladi.

Qayd etish kerakki, «Real»Sebalos uchun raqobatda «Barselona» va «Yuventus» jamoalarini ortda qoldirdi.

Aynan shu futbolchi kelayotgani tufayli Xames Rodriges jamoani tark etishga qaror qildi.

Top