22:02 / 14.07.2017
7982

Toshkent viloyati Parkent tumanida "Nabiramga bir kitob" aksiyasi o‘tkazildi

Parkent tumanining Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan  keng qamrovli  o‘zgarishlarga o‘z hissasini qo‘shishni istagan, “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostidagi ma'rifiy  tadbirlarda faol ishtirok etishni niyat qilgan nuroniy otaxon va onaxonlari (bugungi kunda tumanda 10 mingdan ziyod yoshlik bo‘yicha nafaqaxo‘rlar  bor) “Nabiramga  bir kitob” aksiyasi tashabbusi bilan chiqishdi.  Ular 13 iyul kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Qo‘shchinor” madaniyat va aholi dam olish maskanida bo‘lib o‘tgan (2017 yil 13 iyul soat 10 00 dagi) tadbirda  faol ishtirok etishdi.

Tadbirda nuroniylar kitob yaramarkasiga tashrif buyurgan kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga hamda radikal oqimlarlar ta'siriga tushgan oilalarning farzandlariga ularni qiziktirgan mavzularga doir kitoblarni sovg‘a qilishdi.

Tuman nuroniylari yil davomida kamida 2 nafardan  bolalarni (nabiralarini) kitobga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda hududdagi kitob do‘konlari va kutubxonlarga yoshlarni jalb qilishga yordam berishni  o‘zlariga  vazifa  qilib oldilar.

Tadbir viloyatning boshqa tuman, shaharlarida reja asosida o‘tkazilishi davom etmoqda.

Top