17:30 / 14.07.2017
23691

O‘zbekiston Bosh prokurori Belarusga bordi

O‘zbekiston Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev 9-11 iyul kunlari Belarus Respublikasi Bosh prokurori Aleksandr Konyukning taklifiga binoan ushbu davlatda tashrif bilan bo‘ldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari Mixail Rusiy bilan uchrashdi, Belarus Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Tergov qo‘mitasi va Adliya vazirligida uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi belaruslik hamkasblariga sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlar, sud tizimini isloh etish bo‘yicha dasturni amalga oshirish bo‘yicha ma'lumotlar berdi.

Tomonlar ikki davlat hukumat delegatsiyalarining o‘tgan yilning oxiri va joriy yilning boshidagi tashriflari yakuni bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.

Ixtiyor Abdullayev va Aleksandr Konyuk Toshkent shahrida may oyida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi idoralararo Bitimni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.

Ular prokurorlik faoliyatining aniq yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni tashkil etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilik bilan kurash muammolarini tadqiq etish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Top