Fransiya hukumati arab davlatlari tomonidan Qatarga nisbatan kiritilgan cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Fransiya oddiy aholi hayotiga murakkablik tug‘diruvchi choralarni tezroq olib tashlashga chaqiradi», - deya ma'lum qildi Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian.
U shunday bayonot bilan Dohaga tashrifi davomida chiqqan.
Ta'kidlanishicha, tashqi siyosat idorasi rahbari bugun Saudiya Arabistoniga boradi, ertaga esa Kuvayt va BAAga tashrif buyuradi.