11:10 / 15.07.2017
4367

Xitoy shimoli-sharqida kuchli yomg‘irlar, qurbonlar bor

Foto: Sinxua

Xitoyning shimoli-sharqiy qismidagi Girin viloyatida kuchli yomg‘irlar tufayli sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sinxua» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Ta'kidlanishicha, Girin viloyatining markaziy va sharqiy qismida ikki kun davomida kuzatilgan kuchli yomg‘irlar tufayli, hukumat 120 mingdan ortiq kishini xavfsiz joyga ko‘chirishga majbur bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top