17:48 / 15.07.2017
5167

Misrda sayyohlarga hujum qilgan shaxs IShID bilan bog‘liq bo‘lgan

Foto: Bild

Misrning Xurgada shahrida sayyorlarga pichoq bilan hujum qilgan erkak IShID terrorchilik guruhining ko‘rsatmalari bo‘yicha harakat qilgan.

Bu haqda Germaniyaning Bild nashri Misr maxsus xizmatlaridagi manbaga asosan yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, erkak ekstremistlar bilan internetda aloqaga kirishgan, ulardan xorijliklarga hujum qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar olgan.

Avvalroq Misrdagi kurortda hujum yuz berib, xorijlik sayyohlar o‘ldirilgani xabar qilingandi. Rasmiy Berlin esa Misrda nemis fuqarolari o‘ldirilganidan «qattiq g‘azabda» ekanini ma'lum qildi.

Foto: Bild 

Top