Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida parlament palatalari, siyosiy partiyalar, Özbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ma'ruza qildi. Bildirilişiça, Qonunçilik palatasiga (Nurdinjon Ismoilov) – soğliqni saqlaş sohasida, Senatga esa (Niğmatilla Yöldoşev) – içki işlar organlari tizimida islohotlarni amalga oşirişda mavjud vaziyatni yaxşilaşga boş-qoş böliş taklif qilingan edi.
“Ötgan vaqt mobaynida bu borada muayyan işlar amalga oşirildi, biroq hali ularni yetarli, deb bölmaydi. Men qaysi hududga bormayin, albatta, ana şu ikki sohaga alohida e'tibor qarataman. Lekin soğliqni saqlaş muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy-texnik vositalarning yetişmasligi, ular malakali kadrlar bilan ta'minlanmagani, binolarning talabga javob bermasligi, içki işlar organlarida profilaktik tadbirlar nomiga ötkazilayotgani, ayrim hududlarda huquqbuzarliklar soni oşib borayotgani kabi bir qator muammo va kamçiliklar davom etmoqda. Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov tibbiyot sohasi mutasaddilari axborotini köproq Qonunçilik palatasida eşitmoqda. Lekin bunday iş uslubini joylarga çiqib, turli mutaxassislar bilan birga yurib, qişloq vraçlik punktlari böladimi, bolalar yoki ayollar şifoxonalari böladimi, eng kamida ön kun yurib, ulardagi haqiqiy ahvolni aniqlab, muammolarni ham qonuniy, ham amaliy nuqtai nazardan hal qiliş yuzasidan takliflar bildiriş bilan almaştiriş, qisqaça aytganda, parlament nazorati böyiça ta'sirçan va samarali tizim yaratiş har tomonlama maqsadga muvofiq bölardi. Eng asosiysi – bundan natija bölişi kerak, va buni odamlar sezişi kerak”, - degan davlat rahbari.












