Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi Islomobod mahallasida yashovchi Tohir va Shohista To‘laganovlar xonadonida mehmon bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, farzandlar tarbiyasi haqida so‘z yuritildi. Oiladagi barcha farzandlar hayotda o‘z o‘rnini topgan.
Oila faxri va farishtasi Shohaydar ota Shoismoilov O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga yanada farovonlik, Prezidentga sog‘lik-omonlik tilab duo qildi.









