13:08 / 15.07.2017
26507

Ramzon Qodirov yana AQShni ayblab chiqdi

AQSh Rossiyaga qarshi siyosat olib bormoqda, deya ma'lum qildi Checheniston rahbari Ramzon Qodirov HBO telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida.

«Amerika Rossiya, davlat rahbariyatiga qarshi siyosat olib bormoqda. Ular, men Rossiya uchun jonini berishga tayyor bo‘lgan kishilardan biri ekanligimni bilishadi», - dedi Checheniston rahbari.

Shu bilan birga, Qodirovning ta'kidlashicha, Rossiyada «yaxshi armiya» bor.

«Ko‘ramiz, kim nimaning uddasidan chiqadi», - degan respublika rahbari.

Qodirov Rossiya AQShni raqib sifatida ko‘radimi, degan savolga javob qaytarar ekan, shunday dedi: «Amerika – uni Rossiya dushmani sifatida ko‘rish uchun yetarli darajada kuchli davlat emas».

«Bizning davlat kuchli va yadro quroliga ega mamlakatmiz», - deya xulosa qilgan Qodirov.

Avvalroq Ramzon Qodirov G‘arbga ayblov bilan chiqqani xabar qilingandi.

Top