20:18 / 15.07.2017
20648

Sirdaryoda Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi raisi saylandi

Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev so‘zga chiqdi.

U mamlakatda yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan mutlaqo yangi tashkilot O‘zbekiston yoshlar ittifoki tashkil etilganligini  qayd etdi. Har yili  30 iyun sanasi mamlakatda “Yoshlar kuni” deb e'lon kilinishini aytib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbari ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borishi huquqiy asosda belgilanganligini aytdi. Shu bilan birga, u Prezident farmoniga binoan Oliy Majlis Senati a'zosi etib tayinlanadi.

Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining raisi saylandi. Ishtirokchilar bu lavozimga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatini boshqarib kelayotgan Shavkat Zayniddinovning nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma'qulladilar. Kengaytirilgan yig‘ilishda Kengashning ijroiya qo‘mitalari  tarkibi ham saylab olindi.

Top