18:37 / 15.07.2017
9724

O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Londondagi jahon chempionatini oltin medal bilan boshlashdi

Bugun  London-2017 jahon chempionatida erkaklar o‘rtasida yengil atletikaning  disk otish turi bo‘yicha ishtirok etgan o‘zbekistonlik Husniddin Norbekov 54.73 natijasi bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikkinchi marotaba jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Bundan oldin 2015 yil Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan para-yengil atletika jahon chempionatida ham Husniddin Norbekov 53.81 natijasi bilan jahon chempioni bo‘lgan edi. Endilikda Husniddin Norbekov 23 iyun kuni yadro uloqtirish bo‘yicha ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur chempionat 10 kun davom etadi va 1056ta sportchilar 213ta medalli o‘rinlar uchun kuch sinashadi. Shular orasida o‘zbekistonlik sportchilardan 7 nafari yadro uloqtirish, nayza otish, yugurish, uzunlikga sakrash musobaqalarida ishtirok etishadi.

Mavzuga oid
Top