09:50 / 16.07.2017
5708

AQSh Oliy sudi havayiliklardan immigratsion farmon bo‘yicha so‘rovga javob berishni talab qilmoqda

Foto: AFP

AQSh Oliy sudi Havayi shtati hukumatidan 18 iyulga qadar prezident Donald Tramp ma'muriyatining immigratsion farmoni bo‘yicha so‘roviga javob qaytarishni talab etdi. Bu haqda shtat huquqshunosiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatgan.

Ikki kun oldin Federal okrug sudyasi Derrik Uotson Trampning immigratsion farmoni doirasiga tushgan olti musulmon davlati fuqarolariga AQShga kirish imkoniyatini beradigan qarindoshlik aloqalari ko‘lamini kengaytirishga qaror qilgandi.

Sud qaroriga ko‘ra, AQShda istiqomat qiluvchi shaxslarning buvilari, buvalari, amakivachchalari va boshqa yaqin qarindoshlari mamlakatga kirish imkoniyatigi ega bo‘lishi kerak.

Trampning yangi migratsion qarori 29 iyul kuni kuchga kirgandi.

Mavzuga oid
Top