Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq razvedkasi al-Bag‘dodiyning taqdiri bo‘yicha navbatdagi xabarni tarqatdi
Iroq IIVning razvedka va aksilterror amaliyotlari xizmati direktori Abu Ali al-Basriy IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘limi haqidagi oxirgi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar tarqatgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID yetakchisi ayni vaqtda Suriya hududida, Raqqa yaqinida yashiringan bo‘lishi mumkin.
Al-Basriy qayd etdiki, Iroq razvedkasi «Al-Bag‘dodiy bilan boshqalardan ko‘proq shug‘ullanmoqda».
Bundan avvalroq AQSh boshchiligidagi koalitsiya va Pentagon ham al-Bag‘dodiy halok bo‘lgani haqidagi xabarni tasdiqlay olmasligini ma'lum qilgandi.
OAVda esa IShID jangarilari halok bo‘lgan rahbari o‘rniga o‘rinbosar tanlagani haqida xabarlar tarqalgan.
Qayd etish kerakki, keyingi yillarda bir necha marta nashrlar al-Bag‘dodiyning qattiq yaralangani yoki vafot etgani haqida xabarlar bergan, ammo bu xabarlarning hech qaysisi tasdig‘ini topmagan.
Oxirgi marta 11 iyul kuni OAVda IShID jangarilari tashkilot rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘limini tasdiqlashgani haqida xabar tarqalgandi. Ko‘p o‘tmasdan Suriya inson huquqlari observatoriyasi IShID rahbari halok bo‘lganini tasdiqlovchi ma'lumotga egaligini ma'lum qildi.
O‘tgan oy oxirida Eron televideniyesi al-Bag‘dodiy halok bo‘lganini tasdiqlovchi suratlarni tarqatgandi.
Mavzuga oid
14:15 / 21.01.2020
OAVda IShIDning yangi yetakchisi ismi oshkor qilindi
18:53 / 06.01.2020
AQShning Sulaymoniydan avvalgi dushmanlari: Saddam Husayndan al-Bag‘dodiygacha
19:11 / 16.11.2019
Turkiyada al-Bag‘dodiyning 25 nafar qarindoshi qo‘lga olindi
10:11 / 05.11.2019