23:56 / 16.07.2017
22594

"Parchalanib ketsak kerak, deb o‘ylagandim". Ryanair yo‘lovchisi qattiq qo‘nishni suratga olgan

Fuerteventura – Lids yo‘nalishi bo‘yicha Ryanair loukosteri reysida uchgan yo‘lovchilardan biri o‘zi mingan Boeing 737-800 samolyotining qattiq qo‘nishini videoga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Videoyozuvga ko‘ra,samolyot shassilari yerga tekkach, shu qadar kuchli zarbaga duch kelganki, yigit qo‘lidagi kamerani zo‘rg‘a ushlab qolgan, shuningdek, samolyot salonida chinqiriqlar eshitilmoqda. 

Video muallifining aytishicha, u juda ko‘p parvoz qiladi, lekin samolyot parchalanib ketishi mumkinligi borasidagi hissiyotga birinchi bor duch kelgan.

Lids-Bradford aeroportidagilarning Daily Mail’ga xabar qilishlaricha, garchi layner kuchli yonlama shamol sharoitlarida qo‘ngan bo‘lsa ham, qo‘nish shtatli rejimda sodir bo‘lgan.

Top