00:37 / 16.07.2017
14873

Samsung yangi "maxfiy" smartfonga ega bo‘ldi

Geekbench benchmarketi ma'lumotlar bazasida Samsung’ning SM-G9600 deb belgilangan yangi smartfoni xarakteristikalari haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi, deb xabar beradi 3DNews.

Apparat tarkibida hozircha rasman taqdim etilmagan Qualcomm SDM840 chipidan foydalanilgani ma'lum qilingan. Kuzatuvchilarning taxminicha, bu Snapdragon 820 protsessorining yaxshilangan namunasi — Snapdragon 840 bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Snapdragon 820 buyumi taktli chastotasi 2,2 GGts.gacha bo‘lgan to‘rtta 64 bitli Kryo hisoblash yadrosi, shuningdek Adreno 530 samarador grafik kontrollerga ega. Unda to‘rtinchi avlod mobil tarmoqlarida ishlash imkoniyati beruvchi X12 LTE modemi ham bor.

SM-G9600 smartfonida foydalanilgan protsessorga kelsak, taktli chastotasi 1,77 GGts bo‘lgan to‘rtta hisoblash yadrosi haqida gap boradi. Tezkor xotira hajmi 4 Gigabaytdan iborat.

Qurilmada Android 7.1.2 Nougat operatsion tizimdan foydalanilgani ta'kidlanmoqda. Displey va kamera xarakteristikalari ochiqlanmayapti.

Kuzatuvchilarning fikricha, yangi telefon Galaxy S8 Lite nomi ostida sotuvga chiqarilishi mumkin. Samsung kompaniyasining o‘zi tarmoqda paydo bo‘lgan axborotlarni izohlamayapti.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yili global bozorda 1,47 milliard smartfon sotilgan. Bu holda 2015 yilga nisbatan o‘sish 2,5 foizni tashkil etgan. Joriy yilda smartfon yetkazib berish 4,2 foizga oshishi va 1,53 milliard donaga yetishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top