18:32 / 17.07.2017
3135

TIVda Malayziya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, o‘zaro biznes-forum o‘tkazilishi mumkin

2017 yilning 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Malayziya Favqulodda va Muxtor Elchisi Dato Nor'aini binti Abd Hamid bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Malayziya munosabatlarini yanada rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari, jumladan ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Top