08:10 / 17.07.2017
7577

To‘rt kishi yashin urishidan so‘ng omon qoldi

Foto: The Charlotte Observer

AQShning Janubiy Karolina shtatidagi sohilbo‘yida turgan kishilarning yoniga yashin urdi, natijada to‘rt inson jabrlandi, deb xabar bermoqda The Charlotte Observer.

Ta'kidlanishicha, hodisa Ayl-of-Palms shahrida yuz bergan. Jabrlanganlar orasida bola ham bor.

Aniqlik kiritilishicha, yoshi katta uch kishining tanasida yashin urishidan qizil chiziqlar qolgan. Shu bilan birga, yosh bola boshidan jarohat oldi.

Avvalroq qozog‘istonlik cho‘pon va bir yarim ming bosh qo‘y yashin qurboni bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top