08:18 / 17.07.2017
7319

Ukraina bosh vaziri prezident bo‘lish istagida emas

Foto: Ukraina Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati

Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanning ma'lum qilishicha, 2019 yilgi saylovlarda mamlakat prezidenti lavozimi uchun o‘z nomzodini qo‘yish niyatida emas. Bu haqda u «112 Ukraina» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Avval ham aytgandim, hokimiyatning aynan ijro tarmog‘ida samarali ish olib borishimni sezaman. Shuning uchun menda bunday rejalar yo‘q», - deya aytib o‘tdi Groysman tegishli savolga javob qaytarib.

Bundan tashqari, uning ta'kidlashicha, o‘zini Ukraina prezidenti sifatida ko‘rmaydi.

Avvalroq Ukraina sobiq bosh vaziri mamlakatda hokimiyat o‘zgarishini bashorat qilgandi.

Mavzuga oid
Top