Normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona import to‘lovi va qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etiluvchi texnologik asbob-uskunalar Ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Hujjat loyihasiga muvofiq, bojxona import to‘lovi va qo‘shimcha qiymat solig‘idan quyidagi transport turlarini ozod etish taklif qilinmoqda:
- Yuklarni olib o‘tishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari.
- Maxsus ishlarga mo‘ljallangan motorli transport vositalari (masalan, yuk avariyaviy avtomobillar, avtokranlar, yong‘in transport vositalari, avtobetonqorgichlar, yo‘llarni tozalash avtomobillari va boshqalar).
Ular Yevro 3 va undan ortiq standartga to‘g‘ri kelishi lozim.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.











