19:23 / 18.07.2017
5953

AQSh biznes-markazidagi robot qo‘riqchi favvoraga g‘arq bo‘ldi

Foto: Twitter.com/gregpinelo

AQSh poytaxti Vashingtondagi savdo va biznes majmuasida qo‘riqchilik qilib yurgan Knightscope K5 roboti kutilmaganda favvora tomonga yo‘l olib, unga sho‘ng‘idi va cho‘kib ketdi, deb yozmoqda The Verge nashri.

Nashrga ko‘ra, Knightscope roboti Georgetown Waterfront majmuasida joylashgan "favvoraga to‘g‘ri borgan". Robotning o‘zini bunday tutishi sababi hozircha noma'lum. Bundan tashqari, robot ishdan chiqqan-chiqmaganiga ham oydinlik kiritilmagan. "U o‘zining ishini yoqtirmaganmikan? U dahshatli yangiliklardan xabar topgandir? U kelajak hozir bo‘lmasligini tushunib yetgandir?" — deb yozadi nashr. 

Ma'lum qilinishicha, ushbu robotlarni ishlab chiqaruvchi Knightscope kompaniyasi robot "haqiqiy qo‘riqchidan yaxshiroq ekanini, chunki ish vaqtida zerikmasligi"ni ta'kidlagandi. 

Knightscope K5 roboti raketasimon shaklga ega. Uning vazni 136 kg bo‘lib, bo‘yi 1,5 metrni tashkil etadi. 

Mavzuga oid
Top