08:51 / 18.07.2017
7033

AQSh va Isroil Eronga birgalikda qarshi chiqmoqda

Foto: Reuters

AQSh va Isroil Tehron Suriya janubida, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi doirasida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamasligidan manfaatdor. 

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«AQSh va Isroilda Eron Suriyada harbiy nuqtai nazardan o‘z pozitsiyasini mustahkamlamasligi borasida o‘zaro yakdillik bor», - dedi u.

Avvalroq Eron Saudiya Arabistoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ixtilof yuz bermasligiga umid qilayotgani xabar qilingandi.

Top