11:58 / 18.07.2017
9332

«Arsenal» keraksiz futbolchilaridan qutulmoqda

«Arsenal» himoyachisi Kelum Chembers «Kristal Pelas» qiziqishlari doirasiga tushgan.

Sky Sports xabariga ko‘ra, «Burgutlar» jamoasi ushbu 22 yoshli himoyachini 20 million yevro evaziga transfer qilishi mumkin.

Jamoaning yana bir himoyachisi Kiran Gibbs ham APLning boshqa bir jamoasi «Vest Bromvich» safiga yo‘l olishi mumkin. Ushbu transfer 12 million yevro evaziga amalga oshishi kutilmoqda.

Londonliklar darvozaboni Voychex Shchensni esa ayni vaqtda Turinda. U «Yuventus»ga 10 million yevro evaziga transfer qilinmoqda.

«Yuventus» «Arsenal» futbolchisini transfer qilmoqda

Bundan avvalroq «Arsenal» Jyek Uilsher uchun «Sampdoriya»dan 10 million yevro talab qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Top