18:12 / 18.07.2017
8180

Hillari Klintonning reytingi Trampnikidan ham yomon 

Bloomberg agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSh prezidenti lavozimiga Demokratik partiyadan sobiq nomzod Hillari Klintonning reytingi rekord darajada pastga sho‘ng‘idi.

Shu bilan birga, bu ko‘rsatkichlar AQSh prezidenti Donald Trampnikidan ham yomonroq. So‘rovda ishtirok etganlarning faqatgina 39 foizi Klintonni qo‘llab-quvvatlagan – bu prezident Trampnikidan 2 foizga past.

Ta'kidlanishicha, sobiq davlat kotibi mashhur shaxs edi, biroq yangi so‘rovga ko‘ra, u hattoki o‘tgan yilning noyabridagi saylovlarda o‘zi uchun ovoz bergan tarafdorlarini ham yo‘qotgan.

AQShning 42-prezidenti Bill Klintonning rafiqasi bir necha bora nutq bilan chiqish qilib, Trampni tvitterda ba'zi-ba'zida tanqid ostiga oldi, biroq saylovlardagi mag‘lubiyatdan so‘ng siyosiy arenadan uzoqlashdi.

Mavzuga oid
Top