12:49 / 18.07.2017
13612

Istanbul metrosi kuchli yomg‘irlar tufayli suv ostida qoldi

Turkiyaning Istanbul shahridagi metroning bir necha bekatlari kuchli yomg‘irlar sabab suv ostida qoldi. Bu haqda Habertürk gazetasi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, yer usti transporti ishi ham to‘xtab qolgan.

Bundan tashqari, kuchli yomg‘irlar havo transport harakatiga ham ta'sir ko‘rsatdi: ko‘plab aviareyslar noqulay ob-havo tufayli vaqtida parvoz qila olmadi.

Avvalroq Yaponiyada butunboshli shahar aholisi kuchli yomg‘ir tufayli evakuatsiya qilingani xabar berilgandi.

Top