21:50 / 18.07.2017
10040

Nursulton Nazarboyev Koreyaning sobiq prezidentini qabul qildi

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Li Men Bakni qabul qildi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qozog‘iston rahbari mehmonni tashrif uchun qutladi va unga EXPO-2017 ko‘rgazmasida Koreya pavilonining ochilishida ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik sizning rahbarlik vaqtingizda strategik darajaga chiqqan edi. O‘shanda mamlakatlar o‘rtasida juda ko‘p amaliy ishlar bajarilgan”, - dedi Nursulton Nazarboyev. 

Har ikki tomon suhbat davomida qozoq-koreys munosabatlarining istiqboldagi rivoji va uni yanada kengaytirish haqida so‘z yuritishdi.

Mavzuga oid
Top