00:12 / 18.07.2017
5563

OAV: Trampni amerikaliklarning atigi 36 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda

AQSh fuqarolarining 36 foizi mamlakat prezidenti Donald Trampning Oq uy ma'muriyati rahbarligida olib borayotgan siyosatini ma'qullamoqda.  The Washington Post/ABC News hamkorligida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasi shundan dalolat qilmoqda. 

 Bu Amerikaning so‘nggi 70 yillik tarixidagi prezidentlarining ilk olti oyidagi eng quyi ko‘rsatkichdir, deyiladi ABC News.

Trampning aprel oyida 100 kunlik prezidentligi munosabati bilan o‘tkazilgan so‘rovda qayd etgan 42 foizlik ko‘rsatkichi bu safargi tadqiqotda yanada pasaygan. Uning siyosatini ma'qullamayotganlar soni ikki so‘rov natijasiga binoan 5 foizga oshib, 58 foizga yetgan. 

Yangi ijtimoiy tadqiqot, shuningdek, 48 foiz amerikaliklar prezidentning Oq uydagi faoliyatini qat'iy ravishda ma'qullamasligini ko‘rsatgan. 

Ushbu so‘rov natijalari e'lon qilinganidan so‘ng, Tramp o‘zini himoya qilish uchun Twitter sahifasida bayonot qoldirgan.  

"The ABC/Washington Post so‘rovil, hozirgi vaqtda salkam 40 foiz ham yomon emas, ammo u saylovdan keyingi eng xato so‘rov, nazdimda!", - degan Amerika yetakchisi. 

Mavzuga oid
Top