Videoreportaj: Maktabga tayyorlov guruhiga aylangan dala shiyponida bolalar tarbiyalanishga haqlimi?

Ma'lumki Kun.uz tahririyati o‘sib kelayotgan yosh avlodga alohida e'tibor qaratadi. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumaniga uyushtirilgan ijodiy safarimizda ham bu mavzu chetda qolmadi. Bunga elektron pochtamizga yuborilgan murojaat sabab bo‘ldi. Ushbu murojaatda aytilishicha, tumandagi Xo‘jabog‘ qishlog‘ida bolalar bog‘chasi mavjud bo‘lib, bugunga kelib ushbu maskan yopib qo‘yilgan. Natijada maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar bog‘chaga bora olmay, uyda qolib ketmoqda. Bu, o‘z navbatida, ularning ta'lim-tarbiyasiga salbiy ta'sir o‘tkazishi mumkin.
Mana shu masala yuzasidan ijodiy jamoamiz Shahrisabz tumanida joylashgan Abziyat qishlog‘iga yo‘l oldi. Qishloqdagi maktabgacha ta'lim muassasasiga tashrif buyurar ekanmiz mavjud sharoitni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik, bu yerning mutasaddisi Lobar Sodiqova bilan suhbatlashdik.
“Joriy yilning fevral oyidan bu yerda bolalar uchun qisqa muddatli guruhlarni ochishni maqsad qilgan edik. Bunga Prezidentimiz tomonidan mazkur sohada qabul qilingan qarorlari turtki bo‘ldi. Bu yer oldin ham bog‘cha bo‘lgan, ammo bolalarning o‘ynashi uchun zarur shart-sharoitlar bo‘lmagani uchun ota-onalar bolalarini berishni istashmagan. Shu sabab bu bino ancha payt qarovsiz holda yotdi. Mana shu yildan imkon qadar ta'mirlab, bu yerga keldik. Hozirda ikki smenada 50 nafar bola qatnamoqda”.
Aslini olganda binoning holati yaxshi emas. Bundan tashqari, bu yerda bolalar maydonchasi ham, ular o‘ynashi uchun turli anjomlar ham yo‘q. Xavfsizlik chora-tadbirlari haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Sobiq ittifoq davrida dala shiyponi bo‘lgan bu bino bugun kelajagimiz mevalarini o‘z bag‘riga olgan. Bu mevalardan ertaga jahon chempionlari, fan olimlari, ijodkorlar va o‘z sohasining mutaxassislari yetishib chiqadi. Shunday ekan ularga zarur sharoitlarni yaratib berish zimmamizdagi burch emasmi?
Mazkur holatga Shahrisabz tuman ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri Asror Alimardonov izoh berar ekan, shunday dedi: “Xo‘jabog‘ qishlog‘ida joylashgan mazkur bog‘cha hech bir talabga javob bermagani tufayli biz u yerni vaqtincha yopib qo‘ygan edik. Bolalar esa asosiy filialga o‘tkazilgan edi. Yuqori tashkilotlarga mazkur filiallarni to‘la ta'mirdan o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni berganmiz. Bundan tashqari, ularda o‘z sohasini tushunadigan kadrlar faoliyat yuritishi uchun pedagogika kollejlari bilan hamkorlik qilyapmiz. Kelajakda tumanning chekka hududlarida faoliyat ko‘rsatadigan bog‘chalarida yetuk kadrlar faoliyat yuritadi”.
Vaqt kutib turmaydi. Ertangi kun bolalari ulg‘aymoqda. Bizning bugungi kamchiliklarimiz ularning taqdir yo‘llariga ta'sir ko‘rsatmasin. Barchamiz ana shundan manfaatdormiz.

Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistondagi ko‘p qavatli uylar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 08:14
-
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
Jamiyat | 07:40
-
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Jahon | 00:53
-
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
Jamiyat | 23:56 / 20.05.2025
Mavzuga oid

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025