Jamiyat | 17:25 / 19.07.2017
25089
1 daqiqa o‘qiladi

Biologlar pomidorni saratonning «kushandasi» deb atashmoqda

Amerikalik biologlar navbatdagi tadqiqoti mobaynida qizil pomidorlar inson organizmi uchun foydali oziq-ovqat mahsulot ekanligining isbotini topishdi, deb yozadi Global Science.

Pomidorlar tarkibidagi antioksidantlar onkologiya kasalliklarning profilaktikasiga xizmat qiladi, deyishmoqda olimlar. Bu xulosaga ular avval sichqonlar, keyinchalik yosh insonlarni jalb qilib o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqot tajribasi asosida kelishgan.

Bunday mahsulotlarni iste'mol qilishdan so‘ng organizmda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar dinamikasi olimlar tomonidan ilgari surilgan farazni to‘liq tasdiqlaydi.

Olimlar organizmga salbiy omillar ta'sirini batamom kamaytirish uchun har kuni ko‘p miqdorda pomidor yeyishni tavsiya etishmoqda. Mutaxassislarning fikricha, kuniga bir dona pomidor yeyish onkologik kasalliklarga sabab bo‘luvchi saraton hujayralarining paydo bo‘lish xavfini anchaga kamaytiradi.

Mavzuga oid