09:37 / 19.07.2017
119216

GM Uzbekistan qachon yangi rusumdagi avtomobillarni taqdim etishi ma'lum bo‘ldi

“GM Uzbekistan” yangi rusumdagi modellarni joriy etish ustidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda. Mustaqillikning 26 yillik bayramiga yangi rusumdagi avtomobillar taqdim etiladi. Bu haqda “GM Uzbekistan” AJ bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov O‘zA’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Korxonamizning bosh shiori – xaridorlar talab va istagidan kelib chiqqan holda, xavfsiz va qulay zamonaviy rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarish. Shu maqsadda yangi rusumdagi modellarni joriy etish ustidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayramiga xalqimizga yangi rusumdagi avtomobillarni taqdim etishni rejalashtirganmiz”, - degan Rajabov.

Shu bilan birga, u bu loyihalar haqida batafsil ma'lumot bermagan.

 

Top