18:44 / 19.07.2017
9985

Qatarga turk harbiylarining oltinchi guruhi yetib keldi

Qatardagi Turkiyaning harbiy bazasiga turk harbiy xizmatchilarining oltinchi guruhi yetib keldi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.

Qatar mudofaa vazirligi Turkiya qurolli kuchlari xodimlari Dohaga yetib kelganini tasdiqlagan.

Mudofaa mahkamasidan ta'kidlanishicha, Doha va Anqara mudofaa sohasi, shuningdek, terrorizm hamda ekstremizm bilan kurashdagi sa'y-harakatlarni kuchaytirish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni himoya qilish bo‘yicha faol hamkorlik qilmoqda.

Qatarda Turkiya qurolli kuchlari kontingentini joylashtirish bo‘yicha kelishuv 2015 yilning 15 iyun kuni kuchga kirgan.

Top