19:55 / 19.07.2017
7660

«Liverpul» xitoycha APL kubogi finaliga yo‘llanma oldi

Hongkongda bo‘lib o‘tayotgan APL kubogi nomi ostidagi tijorat o‘rtoqlik turniri finalchilari nomi aniq bo‘ldi.

Ikkinchi yarim finalda «Liverpul» «Kristal Pelas» bilan uchrashib Solanke va Divok Origi tomonidan kiritilgan gollar evaziga g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi yarim final oldinroq bo‘lib o‘tgan va unda «Lester» «Vest Bromvich»ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, dastlabki finalchiga aylangandi.

Endi finalda «Liverpul» va «Lester» bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

APL kubogi, 
Hongkong

«Liverpul» – «Kristal Pelas» – 2:0 (0:0)
Gol: Solanke (61), Origi (79).
«Liverpul»: Minole, Aleksander-Arnold (Flenagan, 46), Matip (Lovren, 46), Gomes (Klavan, 46), Moreno (Milner, 46), Henderson (Solanke, 50), Lallana (Koutino, 47), Vudbyorn (Gruyich, 47), Saloh (Kent, 50), Firmino (Veynaldum, 47), Starrij (Origi, 47).
«Kristal Pelas» : Hennessi, Uord, Dann (Kelli, 75), Dileyni, Taunsend (Van-Bissaka, 58), Milivoyevich (Loftus-Chik, 75), Panchon (Fillips, 75), Shlupp (van Aanxolt, 58), Zaa (Kirbi, 75), Anderson (B.Sako, 65), Benteke (Ladapo, 71).

«Vest Bromvich» – «Lester» 1:1 (1:1, pen. bo‘yicha: 6:7 )
Gollar: Rodriges (10) – Mahrez (25).
«Vest Bromvich»: Foster, Douson, Nom, Hegazi (Uilson, 66), Evans, Livermor, Yakob (Shadli, 56), Fillips (Leko, 56), Brant (Fild, 51), Rodriges (Makklin, 51), Rondon (Robson-Kanu, 56).
«Lester»: Xamer, Maguayr (Simpson, 46), Benaluan (Morgan, 46), Elder (Fuks, 46), Jyeyms (Drinkuoter, 44), Amarti (Mur, 46), Ndidi (King, 44), Okazaki (Vardi, 44), Mahrez (Olbrayton, 48), Lourens (Iborra, 48), Slimani (Uloa, 44).

Top