Özbekistonda soliq ma'muriyatçiligi qayta körib çiqiladi. Özbekiston Prezidentining «Soliq ma'muriyatçiligini tubdan takomillaştiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning yiğiluvçanligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida keltirilgan.
Davlat soliq qömitasi matbuot xizmati qömita faoliyati keskin özgarişi haqidagi xabarlarga raddiya berdi.
Özbekistonda Davlat soliq qömitasida özgarişlar kutilayotgani, qömita Moliya vazirligi yoki Boş prokuratura tarkibiga ötkazilişi mumkinligi haqida ma'lumotlar tasdiqlanmadi.
«Soliq qömitasi taşkiliy jihatdan boşqa biron vazirlikka böysundirilmaydi. Qömitaning avvalgi maqomi saqlanib qoladi - avvalgidek Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi mustaqil, alohida qömita. Prezident farmoniga köra, qömita faoliyati yanada takomillaştirilib, modernizatsiyalaştiriladi. Sohaga axborot texnologiyalari jalb etiladi», dedi «Kun» muxbiri bilan suhbatda bölgan qömita matbuot kotibi.
Prezident farmoniga köra, Özbekiston Davlat soliq qömitasi tuzilmasida quyidagiça özgarişlar röy bergan.
Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qiliş boş boşqarmasi hamda Çakana savdo va xizmat körsatiş sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yöl qöymaslik ustidan nazorat qiliş, qisqa muddatli tekşirişlarni taşkil etiş böyiça maxsus boşqarma negizida Çakana savdo va xizmat körsatiş sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qiliş boş boşqarmasi taşkil etildi.
Axborot-tahlil boş boşqarmasining Texnik boşqarmasi negizida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boş boşqarmasi tuzildi.
Axborot-tahlil boş boşqarmasi Tahlil va prognozlaştiriş boş boşqarmasiga, Soliq soliş metodologiyasi boşqarmasi Metodologiya va soliq organlarini modernizatsiya qiliş boşqarmasiga, Axborot xizmati Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimiga, Yuridik bölim Yuridik boşqarmaga aylantirildi va uning tarkibida Qoraqalpoğiston, viloyatlar va Toşkent şahar davlat soliq boşqarmalarida tegişli bölinmalari (şö'balari) bölgan soliq nizolarini sudgaça hal etiş bölimi oçildi.
Soliq organlari faoliyatiga zamonaviy AKTni joriy etiş uçun mas'ul bölgan DSQ raisining örinbosari — AKT boş boşqarmasi boşliği lavozimi joriy etildi.

















