Nashr avtokredit berishni birinchilardan bo‘lib boshlagan banklarning bosh ofislari bilan bog‘langan, ular ushbu xabarni tasdiqlashgan.
Jumladan, «Asaka» bank operatori «Afsuski barcha kredit liniyalari qayta moliyalash stavkasining oshishi hisobiga yopildi», — deya ma'lumotni tasdiqladi.
«Avtokreditlarni taqdim etish rostdan ham vaqtincha to‘xtatildi», — degan «Aloqabank» xodimi.
«Biz faqat ikkilamchi bozordagi avtomobillar uchun kredit bermoqdamiz. Birlamchi bozor hozircha yopiq. Qancha muddatga yopiqligi ham noma'lum», — dedi «Kapitalbank» ishchisi.
«Trastbank» xodimi ham avtomobillar uchun kreditlar berilmayotgani, kreditlashtirish yopilgani tasdiqlagan, yana qachon ochilishi noma'lumligini aytgan.
Avtomobil sotib olish uchun kreditlar joriy yilning 1 iyunidan boshlab berilayotgan edi, har bir bankda kredit taqdim etish shartlari turlicha edi.
GM Uzbekistan UZ24 nashriga ma'lum qilishicha, kompaniya banklarning kredit siyosatiga hech qanday ta'sir o‘tkazmaydi.











