Jizzaxda qurilayotgan yangi avtomobil zavodi 2019 yildan mahsulot ishlab chiqarishni boshlaydi
Ayni kunlarda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Pejo Sitroyen” guruhi bilan hamkorlikda barpo etayotgan avtomobil zavodining qurilishi qizg‘in pallada, deb xabar bermoqda O‘zA.
Yangi zavodda yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan Peugeot va Citroyen yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi. Qo‘shma korxonaning ustav kapitali 30 million yevro. Loyihani amalga oshirishga umumiy qiymati qariyb 130 million yevrolik investitsiya jalb etilmoqda.
“2019 yilda korxona mahsulot ishlab chiqarishni boshlaydi va yiliga 16 ming dona zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi”, – deydi “Pejo Sitroyen” guruhi vitse-prezidenti Kristof Berjyeran.
Ma’lum qilinishicha, mahsulot ichki bozordan tashqari yaqin va uzoq xorij davlatlariga ham eksport qilinadi.
Mavzuga oid
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
20:36 / 12.10.2024
Jizzaxda O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazildi
19:48 / 19.09.2024