18:15 / 20.07.2017
3487

BMTning gumanitar yordam bo‘yicha xarajatlari 7 yil ichida 140 foizga oshdi

BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturining gumanitar yordamga sarf-xarajatlari yetti yil ichida 140 foizga ko‘paydi. Bu jahonning turli davlatlaridagi inqirozlar sabab yuz bergan, deya ma'lum qilishdi tashkilot vakillari.

2015 yilda Butunjahon oziq-ovqat dasturining qiymati 5,3 mlrd dollarni tashkil etdi, 2009 yilda esa bu ko‘rsatkich – 2,2 mlrd dollarga teng edi. Shu bilan birga, jahonning birdaniga ikki mintaqasi – sharqiy va markaziy Afrika, shuningdek, Yaqin Sharq hamda shimoliy Afrikada – jiddiy oziq-ovqat inqirozlari yuz berdi, ularga tashkilot umumiy mablag‘larining 70 foiziga yaqini sarflanmoqda.

Ayni damda to‘rtta davlatda ocharchilik yuz berishi mumkin, hamda Butunjahon oziq-ovqat dasturi bu davlatlardagi ishlar uchun mablag‘lar yetishmovchiligiga duch kelmoqda. Nigeriyada dasturlar 65 foizgagina moliyalashtirilgan bo‘lsa, Somalida - 49, Janubiy Sudanda – 33 va Yamanda – 37 foiz. Bu davlatlarda gumanitar yordam ko‘rsatishga qariyb 758 mln dollar yetishmayapti.

Butunjahon oziq-ovqat dasturiga jahonning 77 mamlakatidagi 85 mln kishiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 9,1 mlrd dollar kerak.

Top