08:00 / 20.07.2017
5028

Fukusima yaqinida zilzila yuz berdi

Yaponiya shimoli-sharqidagi Fukusima prefekturasi yaqinida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Ta'kidlanishicha, yer silkinishi markazi Tinch okeanida bo‘lgan, uning o‘chog‘i esa 40 kilometrlik yer tubida joylashgan.

Yer osti silkinishlari 17 ta prefekturada sezilgan, Miyagi hamda Fukusimada zilzila kuchi yapon shkalasi bo‘yicha 4 ballni tashkil qildi.

Tsunami xavfi yo‘qligi aytilmoqda. Vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida ma'lumot hozircha berilmagan.

Avvalroq Xitoy janubi-g‘arbida zilzila yuz bergani xabar qilingandi.

Top